18:45 / 29.11.2016
3315

Italiyaga kelgan noqonuniy muhojirlar soni rekord darajaga yetdi

Foto: © Getty Images

Italiyaga Shimoliy Afrika davlatlaridan kelgan noqonuniy muhojirlar soni 171 ming kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda The Guardian mamlakat IIV ma'lumotlariga asoslangan holda.

Shu tariqa, 2014 yilda o‘rnatilgan rekord yangilandi. O‘shanda 170 ming kishi kelgandi.

BMT xabariga ko‘ra, 2016 yilda 4,5 mingdan ortiq immigrant O‘rta yer dengizini suzib o‘tish jarayonida halok bo‘lgan yoki izsiz yo‘qolgan. Bu ham juda katta ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Italiyaga noqonuniy muhojirlar oqimi Gretsiya va Bolqondagi yo‘nalishlarning yopilishi tufayli oshgan.
 

Top