20:30 / 29.11.2016
10598

Kechki dayjest: 29 noyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Kun.uz

Yakunlanib borayotgan 29 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston mudofaa vaziri: Rossiya O‘zbekistonning asosiy strategik hamkori

Foto: mil.ru

O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-polkovnik Qobul Berdiyevning bayonot berishicha, Rossiya O‘zbekiston uchun asosiy strategik hamkor hisoblanadi.

>>> Batafsil

Jumladan, ikki tomon o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish shartnomasini imzolandi

>>> Batafsil

O‘zbekiston valyuta siyosatida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda

Foto: UzReport.uz

Hukumatning yagona interaktiv portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi taqdim etildi.

>>> Batafsil 

Virtual qabulxonaga eng ko‘p murojaatlar qaysi shahar aholisidan kelib tushayotgani ma'lum qilindi

Skrinshot: Bosh vazir virtual qabulxonasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha statistik ma'lumotlarni kuzatib borish imkoniyati joriy etildi.

>>> Batafsil 

Fidel Kastro bilan vidolashuv marosimida dunyoning 25 davlati rahbarlari ishtirok etdi

Kuba inqilobi rahnamosi Fidel Kastro bilan vidolashuv marosimida 25 davlat rahbarlari ishtirok etdi.

>>> Batafsil 

Qirg‘iziston poytaxtida xususiy maktab alanga domida qoldi (Video)

Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahridagi xususiy maktablardan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilgan.

>>> Batafsil 

Janubiy Koreya prezidenti iste'foga chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qildi

Foto: © EPA

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe iste'foga chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bu haqida Associated Press nashri xabar berdi.

>>> Batafsil 

Ramzan Qodirov o‘zining Galustyan tomonidan taqlid qilinishiga izoh berdi

Kadr: 1tv.ru

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov KVNning 55 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan yubiley o‘yinda o‘zining rossiyalik aktyor va shoumen Mixail Galustyan tomonidan taqlid qilinishiga izoh berdi.

>>> Batafsil 

Bortida Braziliya futbol jamoasi bo‘lgan samolyot aviahalokatga uchradi

Kolumbiyada 72 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan samolyot aviahalokatga uchradi.

>>> Batafsil 

Sidneyda kuchli portlash ro‘y berdi

Foto: Twitter/2GBNews

Sidneyda ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 16 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Avstraliya televideniyesi.

>>> Batafsil 

Iroq bosh vaziri Trampning va'dasi haqida ma'lum qildi

Foto: © AP

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Iroqni IShID terrorchilik guruhi bilan kurashda yanada qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi.

>>> Batafsil 

"Toyota" qayta tiklangan "Supra"ni namoyish qildi

Foto: Motor.ru

Autocar nashri Toyota Supra vorisining suratlarini chop etdi. Gibrid sportkar ilk taqdimoti 2018 yilda bo‘lib o‘tadi.

>>> Batafsil 

Instagram skrinshotlar haqida xabar beradi

Foto: Getty Images

Instagram ijtimoiy tarmog‘i bundan buyon xabarlar  skrinshotlari haqida ma'lumotlar beradi. Life.ru'ga ko‘ra, yangilik instagramning barcha xabarlariga taalluqli emas, ular faqat foydalanuvchi Instagram Direct orqali yuboruvchi xabarlarga tegishli.

>>> Batafsil

«Paxtakor» «Shapekoense»ga hamdardlik bildirdi

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi bugun Kolumbiya osmonida halokatga uchragan Braziliyaning «Shapekoense» klubiga hamdardlik bildirdi.

>>> Batafsil 

Finaldan oldingi qo‘rqinchli final: Kolumbiyadagi aviahalokat haqida hozirgacha nimalar ma'lum?

Bugun Kolumbiya hududida, Medelin shahri yaqinida bortida 22 nafar futbolchi ham bo‘lgan yo‘lovchi samolyot aviahalokatga uchradi. Samolyot bortida Braziliyaning «Shapekoense» jamoasi futbolchilari ham bo‘lgan.

>>> Batafsil

Top