19:05 / 29.11.2016
40377

Kun.uz mobil ilovasi yangilandi

Kun.uz onlayn-nashri o‘z o‘quvchilariga saytdagi yangiliklarni kuzatib borishni qulaylashtirish ustida ishlar olib bormoqda. Saytning Android tizimidagi smartfonlarga mo‘ljallangan mobil ilovasi yangilandi. Unda avvalgi versiyadagi qator kamchiliklar bartaraf etilgan. Endi foydalanuvchilar maqolalardagi video hamda fotolarni osonlik bilan ko‘ra olishlari mumkin bo‘ladi.Ilovani quyidagi manzildan ko‘chirib olishingiz mumkin.

 

Ma'lumot uchun, hozirda Kun.uz mobil ilovasi Google Play’da 100 mingdan ortiq marotaba ko‘chirib olingan.

 

Bundan tashqari, nashr o‘z o‘quvchilariga yanada qulaylik tuhfa etish maqsadida O‘zbekistonda eng ommaviy bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda o‘z guruh va sahifalariga ega. “Odnoklassniki”, Facebook, Instagram va Twitter ijtimoiy tarmoqlari hamda Telegram messenjeri shular sirasidan.

Mavzuga oid
Top