09:49 / 29.11.2016
6200

Pogba fikr bildirdi: «MYu» la'natlanganmi?

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yarimhimoyachisi Pol Pogba APL doirasidagi 13-tur, «Vest Hem»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (1:1) fikrlarini bildira turib bu mavsumda jamoasiga omad kulib boqmayotganidan nolidi.

«Biz tez orada o‘zimizni la'natlangan deb hisoblashni boshlaymiz. Qaysi jamoa kelishidan qat'i nazar, u «Arsenal» bo‘ladimi, yoki «Vest Hem» to‘liq ustunlikka ega bo‘lmoqdamiz, ammo yuta olmayapmiz. Omad ertami, kechmi, bizga kulib boqadi. Men bunga  va jamoamga ishonaman. Shunchaki kichik jihatlarga ham e'tiborni oshirishimiz kerak», - deya Pogbaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mirror nashri.

Eslatib o‘tamiz, o‘tkazilgan 13 tur natijalariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 20 ochko to‘plab APL tarixidagi eng yomon natijasini qayd etib turibdi.

Top