10:46 / 29.11.2016
6677

"Toyota" qayta tiklangan "Supra"ni namoyish qildi

Foto: Motor.ru

Autocar nashri Toyota Supra vorisining suratlarini chop etdi. Gibrid sportkar ilk taqdimoti 2018 yilda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq yo‘llarda qayta tiklangan "Supra"ning ilk prototiplari paydo bo‘lgandi. U mashinalardan yangi suratlardagi mashina o‘zgacha optika va old tomondagi katta havo to‘plagichlar bilan farq qiladi. Bundan tashqari, mashinada noodatiy to‘lqinsimon tomni ko‘rish mumkin.

Taxmin qilinishicha, Supra’ning bo‘lg‘usi vorisi benzinli turbomotor negizidagi gibrid kuch qurilmasini oladi. Modelda shuningdek robotlashtirilgan uzatmalar qutisi va to‘liq privod paydo bo‘ladi.

Avvalroq ma'lum qilingandek, mashinani ishlab chiqarish bilan Avstriyaning Magna kompaniyasi 2018 yildan boshlab shug‘ullanadi.

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru


 

Top