18:15 / 29.11.2016
4627

Turkiya o‘z harbiy va yo‘lovchi samolyotlarini ishlab chiqarmoqchi

Foto: Anadolu

Turkiya o‘zining harbiy samolyoti va yo‘lovchi laynerini yaratish loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqida mamlakat ilm-fan, sanoat va texnologiya vaziri Faruk O‘zluning ma'lumotiga asoslanib, Anadolu nashri xabar berdi. 

"Biz o‘zimizning harbiy va yo‘lovchi samolyotimizni yaratish ustidagi ishlarni davom ettirmoqdamiz... Turkiya RASAT va GÖKTÜRK 2 yo‘ldoshlarini ishlab chiqargan. TÜRKSAT 6A yo‘ldoshi loyihasini amalga oshirish ishlari boshlangan", - dedi O‘zlu Istanbuldagi Global Satshow 2 telekommunikatsiya kongressida ishtirok etar ekan. 

Vazir Turkiyaning ATAK hujum vertolyoti, HÜRKUŞ o‘quv samolyoti, ANKA, KARAYEL va BAYRAKTAR uchuvchisiz qurilmalari loyihalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muvaffaqiyatli deb atadi. 

Top