09:10 / 30.11.2016
7871

30 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

29 noyabr tuni va 30 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston hozircha Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmasligi ma'lum qilindi

O‘zbekiston sobiq ittifoq hududida iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishini e'tibor bilan kuzatishda davom etadi, biroq hozircha Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Bojxona ittifoqiga kirishni o‘ziga foydali deb hisoblamaydi.

>>> Batafsil 

Toshkent markazida avtomobil yonib ketdi

Foto: Uz24

Toshkentning markazi, Yunusobod tumanida "Matiz" rusumidagi avtomobil yonib ketdi.

>>> Batafsil 

Tramp AQSh bayrog‘ini yoqadiganlarga nisbatan qat'iy choralar ko‘rishni taklif qildi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp AQSh bayrog‘ini yoqib yuboruvchi AQSh fuqarolarini jazolashni taklif qildi.

>>> Batafsil 

Erdo‘g‘an turk armiyasining Suriyaga nima uchun kirganining asl maqsadini oshkor qildi

Foto: © AFP

Anqara Suriyada harbiy operatsiyani Suriya prezidenti Bashar Asadning hukmronligiga chek qo‘yish uchun boshlagan.

>>> Batafsil 

Niderlandiya quyi parlamenti hijoblarni taqiqlashni ma'qulladi

Foto: Getty Images

Niderlandiya parlamentining quyi palatasi yuzni berkituvchi kiyimlar, jumladan burki va hijoblar, shlem va chang‘i niqoblari kiyishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma'qulladi.

>>> Batafsil

Xitoyda shaxtadagi yong‘in oqibatida 22 kishi yer ostida qolib ketdi

Illyustrativ surat

Xitoyning Xeyluntszyan viloyatidagi Tsitayze shahar okrugidagi ko‘mir shaxtasida yuz bergan yong‘in tufayli 22 kishi yer ostida qolib ketdi.

>>> Batafsil 

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotida xorijiy pul o‘tkazmalari ulushi kamaydi

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotida oxirgi vaqtda inqiroz tufayli xorijiy pul o‘tkazmalari ulushi 5 foizdan oshmayapti.

>>> Batafsil 

Dunyoning eng yoshi ulug‘ insoni Italiyada o‘zining 117 yoshligini nishonladi

Foto: © AP

Dunyodagi eng yoshi ulug‘ inson, 1899 yilda tavallud topgan Emma Morano 29 noyabr, seshanba kuni o‘zining 117-tavallud ayyomini nishonladi.

>>> Batafsil 

Qorni ko‘rishga musharraf bo‘lgan saudiyaliklar Ollohga shukronlar keltirishmoqda

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining markaziy va sharqiy qismlarida havo harorati noldan pastlab ketdi va qor yog‘di. Mahalliy xalq tabiatning ushbu noyob hodisasiga qanday munosabatda?

>>> Batafsil 

Yadroviy akkumulyatorlar ming yillab zaryadsiz xizmat ko‘rsatadi

Bristol Universiteti mutaxassislari minglab yillar davomida u qadar kuchli bo‘lmagan qurilmalarni quvvat bilan ta'minlay oladigan yadroviy akkumulyator prototipini ishlab chiqishdi.

>>> Batafsil 

Boom Technology kompaniyasi tovushdan tezkor samolyot prototipini namoyish qildi (video)

Foto: hi-news.ru

XIX va XX asrlar davomida ixtiro qilingan samolyotlar, shubhasiz, yo‘lovchi tashishda ma'lum bir inqilobga erishdi.

>>> Batafsil 

Braziliya chempioni keyingi uchrashuvida «Shapekoense» libosida maydonga tushmoqchi

Braziliyada muddatidan avval mavsum chempionligini rasmiylashtirgan «Palmeyras» jamoasi keyingi uchrashuvini «Shapekoense» jamoasi futbolkalarida o‘tkazmoqchi.

>>> Batafsil 

Vitaliy Denisov Rossiyadagi jamoalardan biri undan 24 ming dollar qarz ekanini aytdi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiyadagi faoliyatini eslab, o‘z vaqtida to‘p surgan Nijniy Novgorodning«Spartak» klubidagi vaziyatni xotirladi.

>>> Batafsil

Top