13:31 / 30.11.2016
7325

Avstraliyalik erkak o‘lik meduzalarni ayollarning ko‘krak implanti deb o‘ylab, politsiyaga olib keldi

Foto: sunshinecoastdaily.com.au

Avstraliya fuqarosi politsiya  bo‘limiga bir necha o‘lik meduzalarni olib kelib, qirg‘oqda ko‘krak implantlarini ko‘rib qolgani haqida ma'lum qildi. Uning fikricha, ular o‘ldirilgan yoki cho‘kib ketgan ayollarga tegishli bo‘lishi mumkin.

Sunshine Coast Daily nashrining xabar berishicha, politsiyachilar erkakka u tomonidan olib kelingan “ashyoviy dalillar” boshqa narsa ekanligini tushuntirmoqchi bo‘lishdi, biroq avstraliyalik baribir ularni yozma ravishda qo‘l qo‘yib olishlariga erishgan.

Oxir-oqibat topilma ekspertizaga jo‘natildi. Mutaxassisning xulosasiga ko‘ra, ular oddiy o‘lik meduzalar ekan, xolos.

Mavzuga oid
Top