16:09 / 30.11.2016
14887

Angliya futbolida yana bir mojaro boshlanmoqda

Angliya futbolida yana bir mojaro boshlanmoqda. «Chelsi» jamoasining rasmiy sayti orqali rahbariyat jamoada o‘tgan asrning 70-yillarida skaut sifatida ishlagan marhum Eddi Xitning harakatlari bo‘yicha tekshiruv boshlagani ma'lum qilindi.

«Chelsi» futbol klubi tashqi yuridik firmaga jamoaning sobiq va marhum xodimi, 1970-yillarda faoliyat ko‘rsatgan xodim bilan bog‘liq ishni tekshirishni buyurtma qilgan.

Klub FA bilan bog‘lanib, ularga bu boradagi barcha ma'lumotlar taqdim etilishini bildirdi.

Hozircha tekshiruvlar davom etmoqda, biz bu masalaga aralashmay turamiz va bu borada izohlar bermaymiz», — deyilgan «Chelsi» rasmiy sayti xabarida.

Bundan oldinroq The Telegraph nashrida londonliklar jamoasining yoshlar jamoasida o‘ynagan va nomi oshkor etilmagan futbolchisi skaut Eddi Xit tomonidan jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylangani haqida xabar qilingandi. «Chelsi» esa o‘sha vaqtda futbolchi, uning oila a'zolari va advokatlar da'vo qilmasligi uchun pul to‘lagan. To‘lov 3 yil oldin amalga oshirilgan. To‘lov miqdori aniq keltirilmagan.

Eddi Xit londonliklar jamoasida o‘tgan asrning 70-yillaridagi asosiy shaxs bo‘lgani aytilmoqda.

FA murabbiylarning bolalarga nosog‘lom munosabati holatlari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi

Top