22:29 / 30.11.2016
9099

YeXHT Qirg‘izistondagi saylovlarga kuzatuvchilarni yuborishdan voz kechdi

Foto: Getty Images

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Qirg‘izistondagi saylovlarga kuzatuvchilarni yuborishdan rasman voz kechdi. Bu haqda Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasida "24.kg" axborot agentligiga ma'lum qilindi.

Markaziy saylov komissiyasida tushuntirilishicha, YeXHT moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgani hamda ko‘pchilik kuzatuvchilarini O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlariga yuborayotgani sababli Qirg‘izistonga kuzatuvchilarini yubormaydi.

Qirg‘izistondagi saylovlarni 150 ga yaqin xalqaro tashkilot kuzatadi. 

Qirg‘izistonning mahalliy kengashlariga deputatlarni saylash va mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlarni kiritish bo‘yicha referendum 11 dekabrda bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid
Top