18:36 / 30.11.2016
4051

Yevropa mudofaa jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin

Foto: © EPA

Yevrokomissiya Yevropa mudofaa jamg‘armasini tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Bu hamjamiyatning yangi xavfsizlik strategiyasi doirasida ko‘zda tutilgan.

Bu haqda Bryusseldagi matbuot anjumanida iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlik va bandlik masalalari bo‘yicha yevrokomissar Yurki Kataynen ma'lum qildi.

YeK matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, YeI mamlakatlariga har yili mudofaa uchun 5 milliard yevrodan ajratish taklif etilmoqda. 

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi harbiy xarajatlar hajmini keskin oshirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqagandi. Xususan, YeI kiberxavfsizlik va razvedka ma'lumotlari yig‘imi uchun mablag‘lar miqdorini ko‘paytirmoqchi ekani ma'lum qilindi. Bundan tashqari, Yevrokomissiya qurol-yarog‘larning transchegaraviy xaridini oshirish niyatida.
 
Mudofaa hamkorligini kengaytirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – YeIning oshib borayotgan harbiy xarajatlaridan samaraliroq foydalanishdir. 
 

Mavzuga oid
Top