Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeytni terma jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanganini e'lon qildi. Bu haqda assotsiatsiya tvitteri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mutaxassis AFA bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
«Ishga ega bo‘ldim – bu bir. Endi uni sifatli bajarishni istayman. O‘z lavozimga kirishishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Muxlislar terma jamoadan faxrlanishi va uning o‘yinlaridan zavq olib tomosha qilishlarini xohlayman», — degan Sautgeyt.
Garet Sautgeyt bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida 4 ta uchrashuv o‘tkazgandi. Bu davrda jamoa Malta (2:0) va Shotlandiya (3:0) ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Sloveniya (0:0) va Ispaniya bilan (2:2) durang natijalar qayd etgandi.