15:50 / 30.11.2016
9920
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi (Video)
Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘onida (Olmaota viloyati ma'muriy markazi) amaldagi prezident Nursulton Nazarboyevga qo‘yilgan haykal tantanali ravishda ochildi, deb xabar qilmoqda viloyat ma'muriyati axborot xizmati.

"Bugun Toldiqo‘rg‘on shahrida mustaqillikning 25 yilligi arafasida davlat rahbari Nursulton Abishevich Nazarboyevga o‘rnatilgan haykal tantanali ravishda ochildi", — deyiladi xabarda.

Balandligi 4,2 metr bo‘lgan haykal bronzadan ishlangan bo‘lib, uning 4,5 metrlik asosi jigar rang granitdan tayyorlangan.

Eslatib o‘tamiz, bu Qozog‘istonda Nazarboyevga o‘rnatilgan birinchi haykal emas. Uning figurasi Olmaota va Ostonada ham qo‘yilgan. Shuningdek, davlat rahbariga boshqa mamlakatlarda ham haykallar o‘rnatilgan.

Top