11:17 / 30.11.2016
5315

«Liverpul» muxlislari «Shapekoense» fojiasi qurbonlarini xotirlab qo‘shiq kuylashdi

«Liverpul» jamoasi muxlislari Angliya ligasi kubogining chorak finalida «Lids»ga qarshi o‘yindan avval braziliyalik futbolchilar ishtirokidagi aviahalokat natijasida qurbon bo‘lgan braziliyalik futbolchilarni xotirlab, qo‘shiq kuylashdi. Muxlislar Braziliya bayrog‘ini va «Shapekoense» klubi rangidagi bayroqlarni tayyorlashib, «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘ini kuylashgan. Shundan keyin «Enfild» stadionida bir daqiqa sukut saqlangan.

«Shapekoense» jamoasi 30 noyabr kuni Janubiy Amerika Kubogi finalida Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» jamoasiga qarshi o‘ynashi kerak edi. Jamoa futbolchilari mingan samolyot Kolumbiyaning Medelin shahri yaqinida qulab tushdi. Samolyot bortida 77 kishi bo‘lgan. Ular orasida 22 futbolchi va klubning xodimlari, shuningdek, 21 jurnalist hamda ekipajning 9 a'zosi bo‘lgan.

Aviahalokatdan 3 nafar futbolchi omon qoldi (Alan Rushel, Jyekson Folman va Xelio Samper Neto), styuardessa Ximena Suares, jurnalist Rafael Xentsel va aviatexnik Ervin Tumeri. Halokat joyida tirik holda topilgan Markos Danilo keyinroq shifoxonada jon berdi.

Mavzuga oid
Top