17:26 / 30.11.2016
6944

Merkel Turkiyaning YeIga kirish muzokaralarining to‘xtatilishi yuzasidan chiqish qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish muzokaralarini to‘xtatilishi yuzasidan chiqish qildi. U bu haqda 29 noyabr kuni Xristian-demokratlar ittifoqining Bundestagda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida aytib o‘tgan. Bu haqda Bild gazetasi yozmoqda.

Merkelning ma'lum qilishicha, davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng Turkiya hukumati amalga oshirgan chora-tadbirlar yangi muzokaralar o‘tkazishga imkon bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, Yevroparlament deputatlari 24 noyabr kuni Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish muzokaralarini to‘xtatish bo‘yicha ovoz berishgan edi. Rezolyutsiyada Yevrokomissiya va YeI mamlakatlari vakillarining Anqara bilan bu borada olib borilayotgan muzokaralarni to‘xtatishlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Mavzuga oid
Top