8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

16:07 / 30.11.2016 13515

MRB XX asrning maxfiy xaritasini ochiq ko‘rish imkonini taqdim etdi

Foto: Central Intelligence Agency / Flickr

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi XX asrning yetmish yillik tarixini qamrab olgan o‘nlab xaritalarni e'lon qildi. Bu haqda Popular Mechanics nashri ma'lum qilmoqda.

Xaritalar ichida 1941-1942 yillardagi rus fronti, Yaponiyaning 1945 yilgi ta'sir maydoni va Berlinning 1945 yilgi okkupatsiya qilingan hududlari tasvirlanganlari ham bor. Shuningdek, ular orasida xalqaro savdo aloqalari aks etgan, Antarktida qidiruv ishlariga mo‘ljallangan va Kubada 1962 yilda joylashtirilgan raketalar xaritasini ham uchratish mumkin.

MRB bulardan tashqari rasmiy yoki maxfiy tadbirlarga oid bir qancha suratlarni ham e'lon qilgan. Bular orasida 1961 yilda Vetnam xaritasi fonida turgan Jon Kennedi va 1970 yilda suratga olingan Richord Niksonning Kambodja xaritasi yonida turgan suratlari ham bor.

Top