Toshkentning markazi, Yunusobod tumanida "Matiz" rusumidagi avtomobil yonib ketdi.
Voqea 29 noyabr soat 23:00 dan keyin Amir Temur shoxko‘chasida, sobiq "Qozog‘iston" kinoteatri yaqinida yuz bergan.
Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Voqea yuz bergan joyda transport qatnovi vaqtinchalik yopib qo‘yilgan.
Yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda. Voqea joyida FVV va YHXBB xodimlari ish olib borishgan.