15:11 / 30.11.2016
6213

O‘zbekistonda prezident saylovini yorituvchi press-klub o‘z faoliyatini boshladi

30 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritish uchun mo‘ljallangan press-klubning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Press-klub: Saylov-2016» o‘zida nodavlat axborot vositalarining 100 nafarga yaqin xodimini, jumladan, jurnalistlar hamda texnik xodimlarni mujassamlashtirgan.

Uning faoliyati doirasiga turli tadbirlar va brifinglar o‘tkazish, jumladan, MSK, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati, xalqaro kuzatuvchilar hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillarining chiqishlari kiradi.

Press-klub, shuningdek, mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun ham ochiq.

Top