11:23 / 30.11.2016
3657

Vetnamda deyarli besh ming mahkumni qamrab oluvchi amnistiya e'lon qilindi

Foto: Travelask.ru

Vetnam Sotsialistik Respublikasi (VSR) prezidenti Chan Day Kuang 4,2 ming mahkumni amnistiya qilish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Zyang Shon Xanoydagi matbuot anjumanida xabar bergan.

"Amnistiya haqidagi qaror Vetnam davlatining qonunni chetlab o‘tganlarga nisbatan bo‘lgan insonparvarlik siyosatidan dalolat beradi. Qonun uni buzganlarni qattiqqo‘llik bilan jazolab, o‘z qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lganlarga yordam qo‘lini cho‘zadi", - ta'kidlab o‘tgan amaldor.

Amnistiyaga tushganlar 1 dekabrdan boshlab ozodlikka chiqarila boshlanadi.

Ma'lumot uchun, bu joriy yil bo‘yicha Vetnamdagi ikkinchi amnistiyadir. Avgustda 2 sentabrdagi Mustaqillik kuni munosabati bilan 25 mingga yaqin mahkum amnistiya qilinib, ulardan 2,1 ming nafari muddatidan avval ozodlikka chiqarildi. 

Top