10:05 / 01.12.2016
6367

Angliya liga kubogi yarim finali juftliklari aniq bo‘ldi

30 noyabr oqshomidagi uchrashuvlardan keyin Angliya Liga kubogining chorak final bosqichi yakuniga yetdi va yarim final bosqichiga qur'a tashlandi. 

Qur'aga ko‘ra, «Manchester Yunayted» dastlab o‘z maydonida «Hall»ni qabul qilsa, «Liverpul»ga «Sauthempton» raqib bo‘ladi.

Yarim final bahslari 2ta o‘yindan iborat bo‘ladi. Dastlabki o‘yinlar 9 yanvarda, javob o‘yinlari 23 yanvarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Turnirning chorak finalida «MYu» «Vest Hem Yunayted»ni yengdi (4:1), «Hall Siti» penalti seriyasi orqali «Nyukasl Yunayted» to‘sig‘idan o‘tdi, «Liverpul» «Lids Yunayted»ni osonlik bilan mag‘lub etdi (2:0), «Sauthempton» esa «Arsenal»ni turnirdan chiqarib yubordi (2:0).

Mavzuga oid
Top