09:48 / 01.12.2016
6208

Google’ga yirik xakerlik hujumi uyushtirildi

Foto: Unian

Google foydalanuvchilarining bir milliondan ortiq sahifalari xakerlar hujumiga uchradi, deb xabar berdi Check Point kompaniyasi mutaxassislari. Ular kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan.

Mutaxassislar ma'lumotiga ko‘ra, Gooligan xavfli dasturiy ta'minoti Android 4 va Android 5 platformalarida ishlovchi mobil uskunalarga zarar yetkazib, pochta manzillari hamda parollarni qo‘lga kiritgan. Jinoyatchilar foydalanuvchilar nomidan Google Play ilovalarini yuklab olib, ularga reyting berishgan, shuningdek soxta izoh qoldirib, daromad kelishiga turtki berishgan.

Surishtiruvga ko‘ra, har kuni zararli dasturdan taxminan 13 ming foydalanuvchi aziyat chekkan. Buzib kirilgan uskunalarga esa bir kecha-kunduzda 30 mingga yaqin ilovalar o‘rnatildi.

Shuningdek, xakerlar foydalanuvchilarning Gmail, Google Photos, Google Docs, Google Play va Google Drive servislaridagi ma'lumotlarini ham qo‘lga kiritishgan. Hozirda Check Point kompaniyasi Google bilan hamkorlikda xakerlik hujumi oqibatini bartaraf etish bilan band.

Top