15:37 / 01.12.2016
9741

Xitoy metrosida "yashil" vagonlar ishga tushirildi

Xitoyning Xanchjou shahrida metro vagonlaridan biri ekologik sof transport targ‘iboti sifatida haqiqiy o‘rmonga aylantirildi. Poyezd o‘simlik ekilgan tuvaklar bilan jihozlandi, devor va o‘rindiqlar esa mox va barglar bilan qoplandi. "Yashil" vagon 28 noyabrda atigi 12 soatga ishga tushirildi. Bu haqida Life nashri xabar berdi

Vagon butkul o‘simliklar bilan qoplandi. Shu tariqa shahar hukumati atrof-muhitni obodonlashtirish uchun jamoat transportini rivojlantirishga chorladi. 

12 soat ichida u qadar ko‘p kishilar vagonda bo‘lishga ulgurmagan bo‘lishsa-da, unda bo‘lganlarning aksariyati selfi olishga muvaffaq bo‘ldi. 

Top