17:29 / 01.12.2016
5555

Xitoy shamol energetikasiga 102 milliard dollar sarflamoqchi

Foto: chinadaily.com

Xitoy 2020 yilgacha shamol energetikasiga 102 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqida China Daily nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Xitoy Milliy energetika ma'muriyati rejasiga muvofiq energetika tuzilmasida shamol energetikasining ulushi 3,3 foizdan 6 foizga ko‘tariladi. 

2020 yilga borib, shamol elektr stansiyalari taxminan 420 milliard kVt elektr energiyasini ishlab chiqaradi. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 186 milliard kVt'ni tashkil qilgan. 

Shuningdek XXR hukumati 2030 yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni 20 foizga oshirmoqchi. 

Top