17:22 / 01.12.2016
5990

Igor Shkvirin «Olmaliq» bosh murabbiyligidan ketmagani ma'lum bo‘ldi

Toshkent viloyatining «Olmaliq» klubi bosh murabbiy Igor Shkvirin jamoani tark etmagan. Bu haqda jamoada bosh direktor vazifasini bajarayotgan Ibragim Yuldashev ma'lumot berdi.

«Klubida ayni damda bosh direktor o‘zgardi. Igor Shkvirin jamoa bosh murabbiyligidan ketgani yo‘q. Biror o‘zgarish bo‘lsa klub rahbariyati bu borada rasmiy ma'lumot beradi» - deya Yuldashevdan iqtibos keltiradi «Olmaliq» matbuot xizmati.

Ibragim Haydarov yaqinda, 2008 yildan buyon jamoa bosh direktori bo‘lib ishlayotgan Valeriy Nikolayevich Bikov nafaqaga chiqishi munosabati bilan uning o‘rniga vaqtincha bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Igor Shkvirin «Paxtakor»da ish boshlashi mumkinligi, «Olmaliq» klubiga esa Viktor Kumikov bosh murabbiy qilib tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid
Top