10:37 / 01.12.2016
6048

Karlsen shaxmat faoliyatidagi eng murakkab o‘yinga oydinlik kiritdi

Foto: fide.com

Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Magnus Karlsen rossiyalik da'vogar Sergey Karyakinga qarshi o‘z unvonini himoya qilish faoliyatidagi eng qiyin o‘yin bo‘lganini tan oldi. 

«Bu juda, juda murakkab bo‘ldi. Jahon chempionati bahslari nuqtai nazaridan bu g‘alaba eng qiyini bo‘ldi. U 2013 yilgi da'vogarlar musobaqasiga o‘xshashdir. O‘shanda ham men zo‘rg‘a g‘alaba qozongan edim», — degan Karlsen o‘yindan so‘nggi matbuot anjumanida. 

2016 yilgi shaxmat toji uchun o‘tkazilgan tay-breyk Karlsen g‘alabasi bilan yakunlandi va u o‘z unvonini saqlab qoldi. 

«Tezkor shaxmat» bo‘yicha o‘tkazilgan tay-breyk natijasiga ko‘ra, umumiy hisob 9-7 Karlsen foydasiga bo‘lgan edi. Tay-breyk 4 yarim soatdan ko‘proq davom etdi. 

Top