18:08 / 01.12.2016
4774

Turkiya TIV: Anqara Suriya hududiy yaxlitligi tarafdori

Foto: AP

Turkiya tashqi siyosat mahkamasi rahbari Mavlut Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Anqara ma'muriyati Suriya hududiy yaxlitligi tarafdoridir. 

"Biz Suriyaning hududiy yaxlitligi tarafdorimiz. Shu boisdan, yaxlitlik xususida so‘z ketganda, biz albatta, inklyuziv bo‘lishga harakat qilyapmiz, bunda barcha tomonlar qarashlari va fikrlari tinglanadi, e'tiborga olinadi", — degan Chavusho‘g‘li Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan suhbatda.

Avval xabar qilinganidek, prezident Erdo‘g‘an rahbarligidagi Turkiya Milliy xavfsizlik kengashining olti soatlik yig‘ilishi yakunida Anqara Suriya hududiy yaxlitligi tarafdori ekani xabar qilingan edi. Shunga ko‘ra, Turkiya Suriya kurdlarining demokratik ittifoqi tomonidan nazorat qilinuvchi Suriya shimolida alohida hudud paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Top