14:12 / 01.12.2016
5141

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

Foto: MFA.uz

2016 yilning 1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda o‘z missiyasini yakunlayotgan Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpulni qabul qildi. Bu haqida TIV rasmiy saytida xabar berildi

Manbaga ko‘ra, uchrashuvda Turkiya elchisi faoliyatining samarali bo‘lganligi qayd etilgan. Shuningdek uning ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishga qo‘shgan hissasi yuqori baholangan.

17-18-noyabr kunlari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligining isbotidir.

Namik Erpul, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasini bajarishiga qulay imkoniyat yaratib berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Top