11:08 / 01.12.2016
9528

Zidan Messi bilan Ronalduni taqqoslab bo‘lmasligini gapirdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zaynidin Zidanning fikricha, Krishtianu Ronaldu va «Barselona» hujumchisi Lionel Messini o‘zaro taqqoslash noto‘g‘ri. Frantsuz mutaxassisi ikkala futbolchining ham o‘ziga xos bo‘lgan o‘yin uslubi borligini aytdi.

«Messi va Ronaldu? Ularning har ikkalasi ham alohida jihatlari bilan ajralib turadigan favqulodda iste'dodli futbolchilar. Ularning maydonda qilayotgan ishlari hech qanday muhokamaga o‘rin qoldirmaydi. Mening qo‘l ostimda Krishtianu bor va shu darajadagi futbolchi bilan birga ishlash nasib qilayotganidan juda ham baxtiyorman», — deya Zidandan iqtibos keltiradi Marca.

Top