09:06 / 02.12.2016
10429

2 dekabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

1 dekabr tuni va 2 dekabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbariga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Adana shahridagi qizlar maktab-internatida yuz bergan fojiali hodisa — yong‘in natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi.

>>> Batafsil 

Andijonda yirik biogaz qurilmasi ishga tushirildi

O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish borasida sezilarli salohiyatga ega. Biroq, amalda bundan umuman foydalanmayapti.

>>> Batafsil 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Foto: vazir.agro.uz

Bugungi kunda yurtimizda hukumat organlarining elektron ko‘rinishdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishi zamon talabiga aylanib bormoqda.

>>> Batafsil 

Peruda yuz bergan yerosti silkinishlari vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi

Foto: © EPA

Peruning janubiy hududlarida kuchli zilzila ro‘y berdi. Reuters agentligining AQSh geologiya xizmatiga tayangan holda xabar qilishicha, uning kuchi 6,3 ballni tashkil etgan.

>>> Batafsil 

Singapur Kosovoning mustaqilligini tan oldi

Foto:Getty images

Kosovo prezidenti Xashim Tachi Singapur Kosovoning mustaqilligini tan olganini ma'lum qildi. Tachi bu haqda tvitterda ma'lum qildi.

>>> Batafsil 

Olland muhim xabarni ma'lum qildi

Foto: © APFrançois Hollande. - BFMTV Commenter 9

Fransiya prezidenti Frantsua Olland 2017 yilda ikkinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘ymasligini va davlat rahbari lavozimini tark etishini aytdi.

>>> Batafsil 

Tailandda taxtga yangi qirol o‘tirdi

Foto: © EPA/RUNGROJ YONGRIT

Tailandning marhum qiroli Pumipon Adulyadetning (Rama IX) merosxo‘ri va yagona o‘g‘li Maxa Vachiralongkorn 1 dekabrda Tailand qiroli bo‘lish taklifini qabul qildi va taxtga o‘tirdi.

>>> Batafsil 

Klinton va Trampga ovoz berganlar soni orasidagi farq oshdi

Foto: © AP

AQShdagi prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan Xillari Klinton joriy ma'lumotlarga ko‘ra, o‘zining asosiy raqibi Donald Trampni 2,5 mln dan ko‘proq ovozga ortda qoldirmoqda.

>>> Batafsil 

Xitoyda avtobusning ko‘lga tushib ketishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Xubey viloyati Echjou okrugida ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ko‘lga tushib ketdi.

>>> Batafsil 

Yer aholisi 7,4 mlrd kishidan oshdi

Foto: panthermedia/vostock-photo

Yer sayyorasi aholisi 2016 yil davomida 7,433 mlrd kishiga yetdi. Bu haqda AP agentligi BMTning demografik fondi hisobotiga asoslanib xabar bergan.

>>> Batafsil

Onkologlar prostata saratonini davolashda katta natijaga erishdilar

Foto: telegraph.co.uk

Prostata saratonini testosteron (erkaklar jinsiy gormoni) inʼeksiyalari yordamida davolash mumkinligi aniqlandi.

>>> Batafsil 

"Progress" kosmik yuk kemasi falokatga uchradi

© Foto: "ROSKOSMOS"

Rossiyaning "Progress" kosmik yuk kemasi Tuvadagi kimsasiz tog‘li hudud ustida 190 km balandlikda falokatga uchradi.

>>> Batafsil 

Android uchun yilning eng yaxshi dasturi ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

Google talqini bo‘yicha, Prisma fotoservisi Android operatsion tizimi uchun 2016 yildagi eng yaxshi dastur bo‘ldi.

>>> Batafsil

«Barselona» – «Real Madrid» uchrashuvi UzReport TV orqali jonli efirda namoyish etiladi

3 dekabr, Toshkent vaqti bilan soat 20:15da «Kamp Nou» stadionida «Barselona» va «Real Madrid» jamoalari uchrashuvi  UzReport TV telekanali namoyish etiladi.

>>> Batafsil 

Messi aviahalokatga uchragan «Shapokoense» klubi uchun 10 mln yevro xayriya qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi aviahalokat tufayli jabr ko‘rgan «Shapokoense»jamoasiga xayriya puli o‘tkazdi.

>>> Batafsil 

YeChL va YeLning 6-tur o‘yinlari «Shapekoense» futbolchilari xotirasiga sukut saqlash bilan boshlanadi

Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasida guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari aviahalokatda vafot etgan «Shapekoense» klubi futbolchilari xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlanadigan bo‘ldi.

>>> Batafsil

Top