18:43 / 02.12.2016
15140

Yilning eng chiroyli goli muallifi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatidan Messi va Neymar tushib qoldi

2015/16 yilgi mavsumning eng chiroyli goli muallifi bo‘lishga nomzodlar uchligi e'lon qilindi

FIFA Ferents Pushkash nomidagi yilning eng chiroyli goli uchun topshiriladigan mukofotga nomzodlarning yakuniy uchligini e'lon qildi.

Yakuniy uchlikdan Danyuska Rodriges (Venesuela yoshlar jamoasi, Kolumbiyaga 2016 yilning 14 martida urilgan gol), Marlon (Braziliya, 2016 yil 21 aprelida «Korintians» va «Kobresalem» uchrashuvida urilgan gol) va Moxd Fais Subri (Malayziya chempionati, 2016 yil 16 fevral).

Bu mukofot uchun 2015 yilning 30 sentabridan 2016 yilning 30 sentyariga qadar muddat ichida urilgan gollar da'vogarlik qilmoqda.

Dastlab e'lon qilingan o‘nlikdan joy olgan Messi va Neymar yakuniy uchlikka kira olmadi. Muxlislar FIFA rasmiy saytida o‘z tanlovlarini amalga oshirishdi.

G‘olib nomi 9 yanvar kuni Tsyurixda o‘tkaziladigan marosimda ma'lum qilinadi.

FIFA yilning eng chiroyli goli muallifi bo‘lishga 10 nomzod

Top