21:51 / 02.12.2016
10885

Kechki dayjest: 2 dekabrning eng muhim xabarlari

Foto: Kun.uz

Yakunlanib borayotgan 2 dekabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston saylov arafasida: 3 dekabr - «Jimlik kuni»

Foto: Kun.uz


O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rahbari Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov saylov uchastkalari ovoz berish jarayonini o‘tkazishga 100 foiz tayyorligini qayd etdi.

>>> Batafsil 

AQShda kruiz kompaniyasi ummonni ifloslantirgani uchun rekord darajada jarima to‘laydi

Kaliforniyaning Princess Cruise kruiz kompaniyasi ummonni chiqindilar bilan ifloslantirish va buni yashirishga urinishdagi o‘z aybini tan oldi.

>>> Batafsil

Kolumbiyadagi aviahalokatning yangi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

Foto: AFP

Kolumbiya fuqaro aviatsiyasi xavfsizlik xizmati rahbari Freddi Bonilyaning ma'lum qilishicha, Boliviyaning Lamia aviakompaniyasiga tegishli halokatga uchragan samolyot boshqa shahardan parvoz qilishi kerak bo‘lgan.

>>> Batafsil 

AQSh HDK desant kemalari O‘rta yer dengiziga kirdi

 

O‘rta yer dengiziga AQShharbiy-dengiz kuchlarining ikkita desant kemalari kirdi, deb xabar qilmoqda Pentagon ma'muriyati saytida.

>>> Batafsil 

«Progress» kosmik kemasi halokati sababi aytildi

Foto: «Roskosmos»

 

Rossiyaning «Progress MS-04» yuk kemasining halokatiga uni o‘zi bilan olib uchgan «Soyuz-U» eltuvchi raketasi yig‘ilishi vaqtidagi kamchiliklar sabab bo‘lgan.

>>> Batafsil 

Suriyada AQShning samolyotlari "ko‘rinmasligini" yo‘qotmoqda

Foto: © wikipedia.org

 

Suriyada aksilterrorchilik operatsiyasida ishtirok etayotgan F-22 Raptor qiruvchi samolyotlarining ularni radiolokatsion qurilmalarga "ko‘rinmaydigan" qiluvchi radioyutuvchi qoplamasi to‘kilib tusha boshladi.

>>> Batafsil 

Kubani kelajakda kim boshqarishi mumkinligi ma'lum qilindi

Foto: © Fotolia

Kubaning amaldagi rahbari Raul Kastro vafot etsa yoki o‘z lavozimidan ketadigan bo‘lsa, mamlakatni Kuba Davlat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Migel Dias-Kanel yoki Davlat kengashi raisining o‘rinbosari Xose Ramon Machado Ventura boshqarishi mumkin.

>>> Batafsil 

Turkiya Bashar Asadni iste'foga chiqishga chaqirdi

Foto: © RIA Novosti

Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavushog‘lu Suriyada qon to‘kilishini to‘xtatishga chaqirdi.

>>> Batafsil

Eron AQSh mahsulotlarini xarid qilishni to‘xtatadi

Foto: © AFP 2016/ Gabriel Bouys

Eron parlamentariylari AQSh mahsulotlarini xarid qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorlashdi.

>>> Batafsil 

"Mersedes" antiqa faralar yaratdi

Foto: motor.ru

Mercedes-Benz kompaniyasi "raqamli" asosiy yorug‘lik faralarini yaratdi. Bu faralar yo‘lga biror simvolni proyeksiyalashi mumkin va yo‘lda o‘zgarayotgan vaziyatlarga tezroq javob bera oladi. Kompaniyaning va'da berishicha, "Digital Light" deb nomlangan bu tizim yaqin orada seriyali ishlab chiqariluvchi avtomobillarda paydo bo‘ladi.

>>> Batafsil 

Amerika kompaniyasi birinchi vodorodli yuk mashinasini taqdim etdi

Foto: © Nikola Motor Company

 

Amerikaning Nikola Motor Company kompaniyasi batareyalarni quvvatlantirish uchun vodorod yoqilg‘isidan foydalanuvchi dunyodagi birinchi yuk mashinasini taqdim etdi.

>>> Batafsil 

«Oltin to‘p» uchun da'vogar yakuniy uchlik aniq bo‘ldi

Foto: EPA

 

FIFA mavsumning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to‘p» mukofotiga da'vogarlarning yakuniy uchligini ma'lum qildi.

>>> Batafsil 

FIFA «yil murabbiyi» nomiga da'vogar yakuniy uchlikni e'lon qildi

FIFA rasmiy saytida 2016 yil murabbiyi nomi uchun yakuniy uchlik ma'lum qilindi.

>>> Batafsil

Top