15:57 / 02.12.2016
10267

Noyabr oyining eng kuchli smartfonlari aniqlandi

Foto: pcadvisor.co.uk

AnTuTu mutaxassislari 2016 yil noyabrining 10 ta yetakchi smartfonlari reytingini tuzdi. 

Eng kuchli smartfonlar ro‘yxatida Apple iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlari yetakchilik qilmoqda. Ikkala smartfon ham A10 Fusion chipsetida ishlaydi. Eng yaxshi Android-flagman LeEco Le Pro 3 smartfoni 2-o‘rinni egalladi. Bu smartfon Snapdragon 821 protsessori negizida ishlaydi. Uning ortidan Mi 5S Plus va Smartisan M1L  smartfonlari kelmoqda. Keyingi pog‘onalarni yangi smartfonlar: Xiaomi Mi Note 2 va Huawei Mate 9 egalladi.  

Reytingda smartfonlarning joylashishi Qualcomm Snapdragon 821 protsessori Android-qurilmalar bozorida haqiqiy yetakchiligini ko‘rsatmoqda. "Eng kuchlilar" orasida Huawei Mate 9’ning borligi esa unda qo‘llangan Hisilicon protsessori oxirgi yillarda qanchalik taraqqiy etganidan darak beradi. 
 

Top