18:08 / 02.12.2016
10625

Hollivudning yulduzli juftligi farzandli bo‘ldi

Foto: Woman.ru

Hollivud aktyorlari Mila Kunis va Eshton Katcher yana bir bor ota-ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishdi. Bu haqida People nashri artistlarning yaqinlari bergan ma'lumotga asoslanib, xabar berdi. Mila o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Bola 30 noyabr kuni tavallud topgan. Kunis va Katcherning 2 yoshli Vayatt Izabel ismli qiz farzandi bor. 

Katcher "Kapalak effekti", "Bir kuni Vegasda" kabi filmlar hamda "Ikki yarim kishi" serialida suratga tushgan. Kunis esa "Qora oqqush", "Yupiter" filmlari orqali tanilgan. Aktyorlar 2015 yilning iyul oyida oila qurishgan. Ularning ikkinchi marta ota-ona bo‘lishi haqida 2016 yilning yozida ma'lum qilingan. 
 

Top