22:42 / 02.12.2016
11056

Putin Rossiya fuqaroligini olishdagi qog‘ozbozlikni kamaytirishga chaqirdi

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olishni, ayniqsa sobiq ittifoqdan kelganlarga, soddalashtirishga chaqirdi. U bu haqda 2 dekabrda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi .

"Men bir necha marotaba, ayniqsa muayyan toifadagi sobiq ittifoq respublikalari fuqarolari tomonidan Rossiya fuqaroligini olish masalalariga hukumatning e'tiborini qaratganman. Bu masalalar maksimal darajada qog‘ozbozchilikdan xoli bo‘lishi kerak", deb aytdi Putin.

Putin shuningdek bu masalada madaniyat va san'at arboblariga yon bosish masalasini ishlab chiqishni buyurdi. "Ijodiy kasblar odamlariga aniq nimadir taklif qilish kerak. Keling, bu vaziyatdan chiqishga harakat qilib ko‘ramiz", deb ta'kidlab o‘tgan Putin.

Shu bilan birga, Putinning ta'kidlashicha, bu masalada qog‘ozbozchilik bilan bog‘liq to‘siqlarning bartaraf qilinishi xavfsizlik darajasining kamayishiga olib kelmasligi kerak. 

29 noyabrda amerikalik iqtisodchi va AQShning sobiq prezidenti Ronald Reygan davrida AQSh moliya vazirining iqtisodiy siyosat bo‘yicha sobiq yordamchisi Rossiya fuqaroligi berilishini so‘ragandi.

O‘tgan haftada amerikalik aktyor Stiven Sigal ham shaxsan Putin qo‘lidan Rossiya pasportini oldi. Bungacha Rossiya fuqaroligi bir qator xorijlik sportchi va san'at arboblariga, jumladan amerikalik bokschi Kichik Roy Jons va fransuz aktyori Jyerar Depardega ham berilgandi.

 

Top