08:06 / 02.12.2016
6342

Singapur Kosovoning mustaqilligini tan oldi

Foto:Getty images

Kosovo prezidenti Xashim Tachi Singapur Kosovoning mustaqilligini tan olganini ma'lum qildi. Tachi bu haqda tvitterda ma'lum qildi.   

"Singapurga Kosovoni mustaqil davlat deb tan olgani uchun rahmat. BMTning ko‘pchilik davlatlari buni qilganlar. Kosovo jahondagi mavqeini mustahkamlamoqda", deb yozgan Tachi xabarda.

Iyunda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Kosovoning Hakamlar sudi palatasiga kiritilishini "sahnalashtirilgan" deb atagandi.

 

Mavzuga oid
Top