14:42 / 02.12.2016
12850

Teo Uolkott Ginnes rekordini o‘rnatdi

Londonning «Arsenal» jamoasi hujumchisi Teo Uolkott o‘z nomini «Ginness rekordlar kitobi»ga kiritdi. U to‘p bilan muomala qilishni yaxshi o‘zlashtirgani tufayli shunday natijani qo‘lga kirita oldi.

Rekord qayd etilishi uchun 27 yoshli futbolchi 34 metrlik maxsus minoradan tashlangan to‘pni qabul qilib olishi hamda kamida 5 marta yerga tushirmasdan tepishi kerak edi. 

Bu natijani Teoning jamoadoshlari Loran Koselni, Nacho Monreal va Fransis Koklen ham bajarishga urinishgan, ammo omad faqat Uolkottga kulib boqdi.

Top