10:06 / 02.12.2016
11476

Tom Kruz ishtirokidagi «Mumiyo»ning ilk tizeri e'lon qilindi

Foto: Youtube/ComingSoon

YouTube tarmog‘ida Tom Kruz ishtirokida suratga olingan «Mumiyo» blokbasterining ilk tizeri paydo bo‘ldi.

Kartinaning bu galgi bosh qahramoni AQSh harbiy dengiz kuchlarining a'zosi. U terrorchilar guruhidan yashirinib, bunkerga kiradi va u yerda sirli mumiyoga duch keladi.

Mumiyo rolini Kingsman filmi yulduzi Sofiya Butella ijro etgan.

Film 2017 yilning 8 iyun kuni katta ekranlarga chiqadi.

Mavzuga oid
Top