14:33 / 02.12.2016
4852

O‘zbekiston TIVda Williams & Garden direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: MFA.uz

2016 yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQShdan xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashayotgan Williams & Garden kompaniyasi prezidenti Liza Uilyamsni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqot davomida O‘zbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchilar ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

AQSh Kongressida ko‘p yillik samarali ish tajribasiga ega L.Uilyams bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.
 

Top