08:42 / 03.12.2016
6618

Angolaning 40 yillik rahbari 2017 yilgi prezident sayloviga oid qarorini bildirdi

Foto: © RIA

1979 yildan buyon Angolani boshqarib kelgan Joze Eduardu dush Santush 2017 yilgi prezidentlik saylovida qatnashmaydi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Angolaning hukmron «Angolani ozod qilish xalq harakati» (MPLA) partiyasi prezidentlikka nomzodlar ro‘yxatini e'lon qilgan. Unda amaldagi prezident ismi-sharifi ko‘rsatilmagan. 

Ta'kidlanishicha, MPLA rahbariyati hozirda mudofaa vaziri lavozimini egallab turgan Joau Lourenku nomzodini davlat rahbarligi uchun asosiy da'vogar sifatida tasdiqlagan.


 

Mavzuga oid
Top