09:44 / 03.12.2016
3571

Germaniyalik dorixonachi saratonga chalingan bemorlarga noto‘g‘ri dori berganlikda ayblanmoqda

Germaniyaning Botropa shahrilik dorixonachi saraton kasali bilan chalinganlarga umumiy qiymati 2,5 million yevro miqdorida moddiy zarar yetkazganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Yessen shahri prokuraturasi ma'lumotiga asoslanib, Ruhr Nachrichten nashri xabar bermoqda.

Gumonlanuvchi 2012 yildan boshlab saratonga qarshi emlashga foydalaniladigan 40 mingdan ortiq inʼeksiya tayyorlagan. Shu sabab u cheklarga kam miqdorda preparat sotib olishga imkon beruvchi miqdor ko‘rsatgan.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, bemorlardan qaysi biri noto‘g‘ri tavsiya bo‘yicha preparat qabul qilgani va buning oqibatlari qanday natijaga olib kelganini prokratura hali aniqlamagan.

Mavzuga oid
Top