14:32 / 03.12.2016
7469

Xitoy TIV rahbari Trampning suhbati yuzasidan izoh berdi

Foto: AP

Xitoy TIV rahbari Van I AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Tayvan ma'muriyati yetakchisi Tsay Inven bilan telefon orqali suhbatlashganidan so‘ng, Pekin va Vashington munosabatlari bundan jabr ko‘rmasligiga umid qilayotgani haqida aytib o‘tdi, deb xabar beradi Assoshieyted Press agentligi.

Avvalroq, Trampning Tayvan ma'muriyati rahbari Tsay Inven bilan telefon orqali suhbatlashgani ma'lum bo‘lgandi. Bu AQSh rahbarining Tayvan yetakchisi bilan 1979 yildan beri amalga oshirgan ilk muloqoti bo‘ldi. O‘shanda Tayvan ma'muriyatining Vashington bilan diplomatik aloqalari to‘xtatilgan.

“Yagona Xitoy” siyosati Xitoy va AQSh o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarda tub negizga aylangan. Biz bunday siyosiy asosga jiddiy putur yetmasligiga umid qilamiz”, - deya Van Ining so‘zlarini keltiradi agentlik.

Suhbat haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgach, Oq uy “Yagona Xitoy” siyosatiga amal qilayotganini tasdiqladi. OAVning xabar berishicha, Trampning Tayvan vakillari bilan suhbatlashishi haqida Oq uy ham, davlat departamenti ham oldindan xabardor etilmagan.

Top