20:58 / 03.12.2016
6850

Hindiston o‘z qiruvchi samolyotlariga muqobillarini qidirmoqchi

Foto: Aijaz Rahi / AP

Hindiston harbiy-dengiz kuchlari aviatashuvchi kemalarda yangi Tejas qiruvchi samolyotlarini tortish kuchining og‘irlikka talablarga mos kelmasligi sababli qo‘llay olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Hindiston harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i Sunil Lanba 3 dekabrda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Admiral Tejas kemadan to‘liq bak va qurol bilan ucha olmayotganini va Hindiston endi Rossiyadan sotib olingan MiG-29K samolyotlariga qo‘shimcha ravishda boshqa samolyotlar izlayotganini aytgan. "Agar butun dunyo bo‘ylab qaralsa, tanlov uncha ham kattamas, bizga esa aviatashuvchi kemalar uchun samolyotlar iloji boricha tezroq kerak", deb aytgan Lanba.

Uning aytishicha, bu muammo 5-6 yil ichida hal qinishi kerak, chunki bu muddatdan keyin Hindiston HDK yangi "Vikrant" aviatashuvchi kemasini o‘z ixtiyoriga oladi.

2015 yilda Rossiyaning harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmatidagi manba "Vikrant"ning aviatsiyasi Rossiyaning MiG-29K/KUB qiruvchi samolyotlari va Ka-31 vertolyotlari bilan ta'minlanishini aytgandi. Shuningdek, kema aviatsiyasi tarkibiga 14 ta Tejas samolyoti va 10 ta vertolyot kirishi kutilgandi.

Birinchi Tejas Hindiston harbiy-havo kuchlariga 2015 yil yanvarida  topshirilgan. Uning ishlab chiqarilishi 1983 yilda boshlangan va taxminan 140 mlrd rupiyga (2 mlrd dollar) aylangan.

 

Top