19:29 / 03.12.2016
8886

Lavrov Kerri Halab bo‘yicha burilish yasovchi taklif bildirganini ma'lum qildi

Foto: © RIA

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Jon Kerri unga AQShning Halab bo‘yicha taklifini berganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Uning ta'kidlashicha, bu taklif "Rossiyaning bu masaladagi yondashuvlariga" mos keladi.

"Jon Kerri Rimdagi uchrashuvimizda rossiyalik mutaxassislar amerikaliklar bilan muzokaralarda bildirayotgan yondashuvlarga mos keladigan AQSh takliflarini berdi", deb aytdi Lavrov.

Lavrovning aytishicha, 2 dekabrgacha Rossiya va AQSh o‘rtasida Suriya bo‘yicha muzokaralar "amerika tomonining bu kelishuvlarga "Jibhat an-Nusra"ni zarba ostidan olib ketuvchi holatlarni kiritishga intilishi"ga taqalayotgan edi. Bu terrorchilik guruhi Halabning ozod qilinmagan qismidagi jangarilarni boshqarmoqda. 

Lavrov shuningdek Rossiya Jyenevaga AQSh bilan Halab bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazish uchun mutaxassislarni zudlik bilan yuborishga tayyorligini ma'lum qildi.

"Biz harbiy mutaxassislarimiz, diplomatlarimizni Jyenevaga amerikalik hamkasblarimiz bilan amerika takliflarini hisobga olgan holda Sharqiy Halabdan jangarilarning istisnosiz hammasining ketishini ta'minlaydigan birgalikdagi harakatlarni kelishib olish uchun zudlik bilan yuborishga tayyormiz", deb aytdi Lavrov.

Avvalroq Lavrov Rimda o‘tgan O‘rta yer dengizi muammolariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda Kerri bilan Suriyadagi ixtilofni tartibga solish istiqbollarini muhokama qilgan. 

 

Top