00:24 / 03.12.2016
10076

Mashhur olim Stiven Xoking shifoxonaga tushib qoldi

2 dekabrda britaniyalik mashhur olim Stiven Xoking shifoxonaga tushib qoldi. Mashhur fizik-nazariyotchi Rimda o‘zini yomon his qilgandan keyin shifoxonaga yotqazilgan. Shifokorlarning aytishicha, olimning hayotiga jiddiy xavf yo‘q. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Bundan avval Stiven Xoking Vatikanda Rim papasi Frantsisk bilan uchrashgan. Vatikan vakillari ingliz olimining Papa fanlar akademiyasidagi nutqi hozircha bekor qilinmagani ma'lum qildilar.  

 

Top