09:39 / 03.12.2016
7137

OAV: Barak Obama prezidentlikdan keyin jurnalist bo‘lishi mumkin

© EPA/Andrew Harrer / POOL

AQSh prezidenti Barak Obama raqamli OAVda faoliyat olib borish hamda hokimiyatni topshirganidan keyin o‘z mediakompaniyasini tashkil etish borasida bosh qotirmoqda. Mic tarmoq resursi o‘zining ko‘p sonli manbalariga tayangan holda shu haqda jar solmoqda. Biroq, Oq uy ma'muriyati bu xabarlarni tasdiqlamagan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Jyen Psaki rasman bu xabarni rad etgan. U nashrga yuborgan bayonotida, Barak Obamaning o‘z lavozimini tark etgach, mediabiznes bilan shug‘ullanish niyati yo‘qligini ta'kidlagan. 

Ammo, nashrning uqdirishicha, Obamaning kelgusi faoliyati, garchi u o‘z mediakompaniyasiga asos solish niyatidan biroz sovugan bo‘lsa-da, OAVga qaratilgan bo‘ladi. Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Peruda bo‘lib o‘tgan OTIH sammitida qatnashgan Obama Facebook asoschisi Mark Tsukerberg bilan maxfiy ravishda uchrashgan.

Mic sayti o‘z fikrini isboti sifatida Barak Obamaning so‘nggi paytlarda OAV haqida bildirayotgan so‘zlarini keltiradi. U "OAVning xavfli holati xususida ko‘p fikr yuritayotgani hamda bu jarayonni tuzatishda o‘zi ham ishtirok etishni xohlayotgani borasida" bir necha marta qarashlarini bildirgan edi.


 

Top