22:16 / 03.12.2016
16781

Ramos «el klasiko»da «Real»ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi

«Barselona» Ispaniya chempionatining 14-turida «Real»ga qarshi kechgan o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

53-daqiqada Neymar jarima nuqtasidan uzatgan pasni Luis Suares golga aylantirdi - 1:0.

O‘yin yakunida esa Luka Modrich jarima zarbasini ijro etganida, to‘pga hammadan baland sakragan Serxio Ramos to‘pni mezbonlar darvozasining chap burchagiga yo‘lladi 1:1.

«Real»ni Zidan qabul qilib olganidan buyon bu ikkinchi to‘qnashuv bo‘ldi. 8 oy muqaddam «qirollik klubi» Kataloniyadan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa, bu safar durang qayd etildi.

«Real» 34 ochko bilan turnir jadvalining birinchi o‘rnida joylashgan. «Barselona» 28 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Barselona – Real Madrid 1:1
Gollar: 1:0 – 53 Suares, 1:1 – 90 Ramos.
Barselona – ter Stegen, Suares, Pike, Alba, Buskets, Maskerano, Rakitich (Inesta, 60), Serdji Roberto, Andre Gomesh (Turan, 78), Neymar (Suares, 87), Messi.
Real Madrid –    Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Dias, 86), Modrich, Isko (Kazemiro, 66), Vaskes, Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).
Ogohlantirishlar: Isko (13), Neymar (28), Suares (75), Karvaxal (80), Buskets (83), Maskerano (89).

Top