08:28 / 03.12.2016
10950

Tramp uchta davlat yetakchisi bilan suhbatlashdi

Foto: © AP

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp uchta davlat: Afg‘oniston, Singapur va Tayvan yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi 

Tramp Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan suhbatda ikki davlat uchrayotgan terrorchilik tahdidlari hamda bu tahdidlarni yengib o‘tishda yanada yaqindan hamkorlik qilishni muhokama qildi. 

Bundan tashqari, Tramp Singapur bosh vaziri Li Syan Lun bilan ham suhbatlashdi. Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar muhokama qilingan.

Tramp shuningdek Tayvan ma'muriyati rahbari Tsay Inven bilan ham suhbat olib bordi. Ta'kidlanishicha, AQSh va Tayvan o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1979 yilda uzilgan. Tramp va Invenning bu suhbati o‘shandan beri ikki davlat yetakchisi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan birinchi suhbat bo‘ldi.

 

Top