18:35 / 05.12.2016
4144

Yaponiya bosh vaziri AQSh prezidenti bilan uchrashmoqchi

Foto: EPA

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 26-27 dekabr kunlari Havayiga tashrif buyurib, Perl-Xarbordagi bombardimon qurbonlarini yod etish niyatida. Shuningdek, siyosatchi AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama bilan ham uchrashuv o‘tkazmoqchi. Bu haqda hukumat rahbari dushanba kuni mahalliy televideniyeda ma'lum qilgan.

"Havayiga 26-27 dekabr kunlari tashrif buyurib, AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuv o‘tkazaman", - dedi u. Ta'kidlanishicha, Obamaning AQSh prezidenti lavozimida ishlagan so‘nggi to‘rt yili davomida “yapon-amerika munosabatlari barcha yo‘nalishlarda rivojlandi” va “birgalikda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi hamda butun dunyoda tinchlik o‘rnatishga harakat qilindi”. 

Shu bilan bir qatorda, Yaponiya hukumati rahbarining ta'kidlashicha, “bu tashrif qurbonlar xotirasini yodga olish maqsadida” rejalashtirilgan. 

Ma'lumot uchun, 1941 yilning 7 dekabr kuni Yaponiya imperator floti Perl-Xarborga kutilmaganda zarba bergan. Buning oqibatida esa Ikki jahon urushining Tinch okeani kampaniyasi boshlangan. O‘shanda yettita amerika harbiy kemalari cho‘ktirib yuborilgan bo‘lib, yana sakkizta kema jiddiy zarar ko‘rgan. 2,4 mingdan ziyod kishi esa halok bo‘lgan.
 

Top