15:46 / 05.12.2016
13146

Dunyodagi eng keksa styuardessa topildi

Foto: CNN

Bett Nesh deyarli 60 yil davomida styuardessa bo‘lib ishlaydi. American Airlines’da ishlovchi 80-yoshli xodimning hayotiga CNN e'tibor qaratgan. Telekanalning ta'kidlashicha, ayolni dunyodagi eng keksa styuardessa deb aytish mumkin.

Neshning so‘zlariga ko‘ra, o‘smirlik davridayoq shu ish bilan shug‘ullanishni orzu qilgan. U ayni damda yo‘q bo‘lgan Amerikaning Eastern Airlines aviakompaniyasiga 1957 yilning 4 noyabr kuni ishga kirgan.

Ayolning xotirlashicha, o‘sha davrlarda havo sayohatlari juda ham dabdabali bo‘lib, yo‘lovchilarga to‘laqonli tushlik berilgan. Shu bilan bir qatorda, styuardessalarga qiyin bo‘lgan – ular ancha og‘ir bo‘lgan patnislarni olib yurishga majbur bo‘lishgan, deb ta'kidlaydi Nesh.

Ayolning so‘zlariga qaraganda, bugun faoliyatning bu turi fuqaro aviatsiyasidagi boshqa sohalar singari biroz osonlashgan. Neshning aytishicha, o‘sha paytlarda reyslar haqidagi ma'lumot doskalarda bo‘r bilan yozib qo‘yilgan. Ayol hali-hamon o‘z ishi va yo‘lovchilarni yaxshi ko‘rishini tan oldi.

Mavzuga oid
Top