22:59 / 05.12.2016
18136

YeXHT: O‘zbekistondagi huquq tizimi insonning asosiy erkinliklarini cheklaydi

© RIA Novosti

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi bayonotida Markaziy saylov komissiyasining xulosasida MSK faoliyatiga yaxshi baho berilgan.

"Saylov komissiyasi ochiq yig‘ilishlar o‘tkazib, o‘z qarorlarini tezkorlik bilan nashr qilib bordi. Bu esa oshkoralikni ta'minladi", — deyiladi hisobotda.

Shu bilan birga, hujjatda bevosita saylov jarayonidagi, xususan, ovozlarni sanash, yakun yasash, OAVning yetarli darajada ochiq bo‘lmagani kabi ayrim kichik kamchilik va nuqsonlarga oid qator fikrlar berilgan.

"Saylov ko‘plab qonunlar va Markaziy saylov komissiyasi qarorlari orqali tartibga solinadi. So‘nggi texnologik o‘zgarishlar kuzatildi, ammo bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina. Shuningdek, mavjud huquq tizimi inson erkinliklarini va tinch yig‘ilishlar o‘tkazishni cheklaydi", deya qayd etilgan bayonotda.

YeXHT DIIHB missiyasining O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish missiyasi rahbari Piter Teyler matbuot anjumanida saylovchilar huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturining qabul qilinishi muhim ekani, uning samaradorligini hamda bu ishni davom ettirishi zarurligini qayd qilib o‘tdi.

Missiya 2 noyabr kuni ish boshladi, besh kundan keyin esa O‘zbekistonga uzoq muddatli kuzatuvchilar, bir necha kun muqaddam esa yana 150 nafar ekspert tashrif buyurgandi.

YeXHT missiyasi saylovda kuzatilgan kamchiliklarni sanab o‘tdi

YeXHT saylov jarayonida OAV cheklangani va nazoratga olingani haqida xulosa qildi

YeXHT: O‘zbekistondagi saylovlar keng qamrovli islohotlar zarurligini ko‘rsatdi

Mavzuga oid
Top